XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

Biz haqimizda

Jami

10 000 000

mijozlar 190 mamlakatdan

Jami

8 500 000 000

takroriy kotirovkalar yoki rad etishlarsiz amalga oshiriladigan savdolar.

Jami

120

shaharga rahbarlarimiz mijozlar va hamkorlar bilan uchrashgani borgan.

KATTA. ADOLATLI. INSONIY.

XM bilan foreks savdosi. Katta, adolatli va insoniy broker bilan savdo qiling.

Katta, barqaror va tajribali

2009-yilda tashkil etilgandan beri 10 000 000 nafar mijoz jalb etgan XM yirik va barqaror xalqaro investitsiya kompaniyasiga aylandi va chinakam sanoat yetakchisi boʻlib yetishdi.

XM hozirda moliya sohasida koʻp yillik tajribaga ega 1400dan ortiq professionallardan iborat.

Bizning keng qamrovli tajribamiz va 30 ta tildagi yordam bilan birgalikda XM kompaniyasini istalgan joydagi barcha darajalardagi treyderlar tanlaydigan brokerga aylantiradi. Biz barchaga investitsion maqsadlarini amalga oshirishda yordam berish uchun faqatgina yirik brokerlarda boʻladigan ekspert koʻmagi va resurslarga egamiz.

  • 10 000 000 dan ortiq mijoz
  • 25+ xavfsiz toʻlov usullari
  • 10+ ta toʻliq funksionalga ega savdo platformasi
  • 30dan ortiq tillarda ishlaydi
  • Mijozlarga alohida xizmat koʻrsatish

Adolatli, ishonchli va ishonarli

XM bilan savdo halol va obroʻli broker bilan savdo qilish deganidir.

Barcha mijozlar sof kapitali miqdori, sarmoyalari hajmi yoki ularning savdo hisobidan qatʼi nazar bir xil adolatli va axloqli savdo shartlaridan foydalanadi.

XM qatʼiy takroriy kotirovkalarsiz va rad etishlarsiz siyosat yordamida halol va ishonchli savdo tajribasini taqdim etadi.

Undan tashqari, barcha savdo buyruqlarining 99.35% bir sekunddan kamroq vaqtda, takroriy kotirovkalarsiz va rad etishlarsiz bajariladi.

Biznes modelimiz foreksda bajarish bu eng muhimi degan qatʼiy ishonch atrofida qurilgan.

XMda mijoz mablagʻiga asosiy ustivorlik beriladi. Biz investitsiya banklari bilan hamkorlik qilamiz va xavfsizlikni taʼminlash uchun alohida hisoblardan foydalanamiz.

Chakana mijozlar mablagʻlari Investorlarning kompensatsiya fondi yordamida 20 000€ gacha sugʻurta qilinadi. Shu bilan birga, barcha mijozlar manfiy balans himoyasidan foyda oladi, shu orqali ular hech qachon balanslaridagi puldan koʻprogʻini boy bermaydi.

Insoniy kompaniya

Rahbarlarimiz mijozlarimiz va hamkorlar bilan bogʻlanish uchun dunyo boʻylab 120 dan ortiq shaharlarga tashrif buyurgan, chunki biz yuzma-yuz shaklda insonlararo muloqotning qiymatiga ishonamiz.

Biz treyderlarni oʻqitish, ularga yaxshiroq savdo qarorlarini qabul qilishda yordam berish uchun dunyo boʻylab yuzlab seminarlarga mezbonlik qildik. Yillar davomida treyderlar XMni mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan yangi yondashuvi uchun iliq qabul qilgan. Natijada, XM mijozlarni ushlab qolishning yuqori natijasi bilan maqtana oladi.

Buyuk Britaniyada joylashgan Investors in People tahskiloti XMni odamlarni ular oʻzlarining toʻliq salohiyatini amalga oshirish va maqsadlariga erishishlarida rivojlantirishga urinishlarini yuksak baholagan. Ushbu namunaviy standartga amal qilgan holda XM u onlayn savdo sektorida yetakchi kuch ekanini hamda oʻzi xizmat koʻrsatadigan odamlarga sadoqatini namoyish etdi.

Nega XM tanlash kerak?

XM madaniyatlarning keng spektri orqali ishchi kuchining barqaror rivojlanishiga yordam beradi va ehtiyojlaringizga madaniy, milliy, etnik va diniy xilma-xillikka ochiqlik bilan yondashadi. Bizning ilgʻor savdo platformalarimiz va moslashuvchan savdo sharoitlarimiz turfa mijozlarga mos keladi. Bizning bilimlarimiz jahon moliyaviy bozorlari boʻyicha katta tajriba va chuqur bilimdan olingan. Biz CFDlar, qimmatli qogʻozlar indekslari, qimmatbaho metallar va energiya mahsulotlari bilan bir qatorda valyuta savdosida sifatli xizmatlarni taqdim etishga bel bogʻlaganmiz.

Biz amal qiladigan ish yuritish falsafasi sodda: mijozlar talablarini qondirish orqali biz ularning sadoqatini qozonamiz. Bizning obroʻmiz ishonchlilikka bogʻliq, bularning har ikkisi mijozlarga ular kutganday va arziydiganday xizmat koʻrsatish qobiliyatimizdan kelib chiqadi. Sanoatdagi trendlarni kuzatish va oxirgi texnologiyalar bilan hamnafas boʻlish orqali biz murakkab xizmatlar kutayotgan va talabchanligi ortgan mijozlarning ehtiyojlariga moslashishga hozir boʻlamiz. Biz mijozlarga xizmat koʻrsatishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan omillarni eʼtiborsiz qoldirmaymiz va shu sababli tor spredlar va eng yaxshi bajarish amaliyotini taqdim etamiz.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.