XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.
Gumanitar harakat - Teng imkoniyat yaratish

Missiyamiz madaniyati, dini,
yoki etnik kelib chiqishidan qatʼi nazar odamlarning hayotida ijobiy oʻzgarish yasash va ularga salohiyatini ochishda yordam berishdir.

Taʼlim va koʻnikmalarni rivojlantirish

Odamlarga taʼlim olish va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan loyihalarni yoʻlga qoʻyish

Xalqaro koʻmak

Mahalliy va xalqaro faoliyat koʻrsatuvchi gumanitar yordam fondlariga qoʻshilish

Bizning qarashimiz butun dunyodagi odamlar hayotining sifatini yaxshilashga ijobiy taʼsir oʻtkazishdan iborat.

Eng oxirgi gumanitar missiyalarimiz

post-image

SRC bilan ijtimoiy inklyuzivlikni ilgari surish

Joylangan sana: 21.10.2024 12:07 GMT

Singapurliklar hamjamiyatiga ikkinchi bor hissamizni qoʻshganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz. Buni ijtimoiy inklyuzivlikni targʻib qilish orqali keksalar orasida yolgʻizlikka qarshi kurashish bilan shugʻullanadigan Singapur Qizil Xoch (SRC) ElderAid jamoasi gumanitar tashkiloti orqali amalga oshirdik. 2024-yil 13-avgustda amalga oshirilgan samimiy tashabbusimiz davomida 50 nafar keksa shaxs GinThye Culture da bir kunlik pishiriq tayyorlash mashgʻulotidan bahramand boʻlishdi va jonli muhitda yangi doʻstlar orttirishdi. Bizning xayriya yordamimiz tadbirda ishtirok etganlar uchun chiptalar, transport xarajatlari va sovgʻalarni oʻz ichiga oldi. 1949-yilda tashkil etilganidan beri, SRC [..]

post-image

Marokash bolalariga maktab anjomlarini taqdim etish

Joylangan sana: 16.10.2024 09:46 GMT

Marokash hamjamiyatiga yana bir hissamizni qoʻshganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz. Buni faoliyatini bolalarni himoya qilish va oʻquv markazida ta’lim berish orqali qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlagan Association Bab Rayan xayriya tashkiloti orqali amalga oshirdik. 2024-yil 19-sentabrda amalga oshirgan samimiy xayriya yordamimiz tufayli, Kasablanka shahridagi koʻplab yetim bolalar yangi oʻquv yiliga toʻliq tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻlgan barcha asosiy oʻquv qurollari bilan toʻldirilgan portfellarni olishdi. 2014-yilda Marokash qiroli va koʻplab taniqli marokashlik arboblar tomonidan tashkil etilgan Association Bab Rayan tashkiloti bolalarning kelajagini himoya qilish, ularga [..]

post-image

Ternatedagi suv toshqini jabrdiydalariga yordam

Joylangan sana: 15.10.2024 13:11 GMT

2024-yil sentabrida XM jamoasi Human Initiative (HI) tashkiloti bilan birgalikda Shimoliy Malukudagi Ternate hududi Rua qishlogʻida suv toshqinidan aziyat chekkan 245 nafar odamga tezkor yordam yetkazdi. Falokatda 18 kishi halok boʻldi va bir qancha oilalar uylaridan ajraldi va oziq-ovqat va boshqa muhim mahsulotlarga oʻtkir talab yuzaga keldi. Bizning yordam harakatlarimiz tayyor taomlar, mevalar paketlarini tarqatish hamda kuniga 70 ta oilaga xizmat koʻrsatadigan suv oshxonasini yuritishdan iborat boʻldi. Bu mahsulotlar oʻz uylarini yoʻqotgan va eng sodda ehtiyojlari uchun kurashayotgan odamlar uchun [..]

post-image

XM Misrdagi bolalar taʼlimiga yordam beradi

Joylangan sana: 10.10.2024 12:40 GMT

Hech bir oila farzandlarini oʻqitish bilan oziq-ovqat va kiyim-kechak kabi zarur narsalarni sotib olish oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻlmasligi lozim. Afsuski, bu holat bilan koʻpchilik yuzlashadi. Shuning uchun biz Qohiradagi Haya Karima xayriya tashkiloti bilan hamkorlik qilib ehtiyojmand bolalarning taʼlim olishda davom etishlarini taʼminlashga va ularga maktab uchun zarur boʻlgan asosiy narsalarni olib berishga harakat qilyapmiz. Haya Karima tashkilotining tashabbuslari, chuqur qashshoqlikni tugatishga qaratilgan boʻlib, Misr aholisining 20 foizini qamrab oladi. Minglab bolalar moliyaviy va infratuzilma muammolari tufayli taʼlim olishga [..]

post-image

XM Iroqdagi xavfsizlikka oʻz hissasini qoʻshmoqda

Joylangan sana: 3.10.2024 10:39 GMT

Biz zaif hamjamiyatlardagi odamlarning hayotini yaxshilashni maqsad qilgan notijorat Shareteah gumanitar tashkiloti (SGT) orqali Iroqdagi hamjamiyatga davomli yordam berishdan mamnun ekanimizni maʼlum qilamiz. XMda biz taʼlim bilan xavfsizlik yorqin kelajakning mustahkam poydevori ekaniga ishonamiz hamda doimo bunday harakatlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. 2024-yil 4-sentabrda biz SGTning “Portlovchi moddalar xatarini bilish (PMXB)” loyihasiga oʻz hissamizni qoʻshdik. Bu dastur bolalarga va xatar guruhidagi insonlarga portlamay qolgan aslahalarning zarari haqida maʼlumot berishga moʻljallangan. Qoʻshadigan hissamiz ayniqsa ziddiyat qamrab olgan hududlarda halokatlarning oldini olish va xavfsizroq hayot [..]

post-image

NASOM bilan autizm haqida boxabarlikni oshirish

Joylangan sana: 21.8.2024 09:48 GMT

2024-yil iyulda biz Gombakda oʻtkazilgan “Jalinan Kasih Autism” tadbirini oʻtkazish uchun National Autism Society of Malaysia (NASOM) bilan hamkorlik qildik. Ushbu tashabbus autizm borasida boxabarlikni oshirish va autizmga ega bolalarning oilalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan va bu bizning mahalliy hamjamiyatlarda ijobiy oʻzgarishlar qilishga oid majburiyatlarimizni aks ettiradi. Tadbir vaqtida biz ishtirokchilar bilan rasm chizdik va ruhiy yordam sifatida muhim jihozlar, jumladan oʻyinchoqlar taqdim etdik. Biz yana NASOM harakatlarini amalga oshirishda yordam berish uchun ularga proyektor, ekran, tushlik paketlari taqdim etdik va ularning [..]

post-image

Ehtiyojmand Shri-Lanka bolalariga ochlikka qarshi yordam

Joylangan sana: 30.7.2024 08:23 GMT

Bu yozda biz Child Action Lanka nomli xayriya tashkiloti bilan keyingi 10 oy davomida Shri-Lankadagi ehtiyojmand bolalarga oziq-ovqat tarqatish boʻyicha hamkorlik oʻrnatdik. 2009-yilda2009-yilda nihoyasiga yetgan salkam 30 yil davom etgan fuqarolik urushidan keyin Shri-Lanka iqtisodiy boʻhron bilan kurashmoqda va yangi qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda. Shri-Lankaliklarning 17% ochlikdan aziyat chekadi va maktab yoshigacha boʻlgan bolalarning 31% toʻyib ovqat yemaydi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va toʻgʻri ovqatlanish bolalarning hayotini yaxshilashi va ularga yorqinroq kelajak qurishga yordam berishi mumkin. Bu qashshoqlik zanjirini uzish uchun muhim [..]

post-image

XM va BAZNAS Jakartada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda

Joylangan sana: 11.6.2024 10:13 GMT

BAZNAS bilan yaqin hamkorlik natijasida XM 2024-yil 16-aprelda Indoneziyaning Jakarta shahridagi 51 ta nochor oilaga muqaddas Ramazon paketlarini tarqatdi. Ramazon oyi va hayit bayramlari Indoneziyada eng koʻp kutiladigan bayramlar sanaladi, ammo koʻp nochor oilalar uni keragiday nishonlay olmaydi. Ularning bayramlarini yanada rang-barang qilish va asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun biz guruch, oʻsimlik yogʻi, shakar, choy xaltachalari, soya sousi, konservalangan baliq, sirop, pechenye va joynamozdan iborat paketlarni tarqatib chiqdik. Milliy Amil Zakat agentligi (BAZNAS) hukumat tomonidan tuzilgan gumanitar tashkilot boʻlib, odamlarning ogʻirini [..]

post-image

XM va Red Cross SG migrantlarga yordam beradi

Joylangan sana: 21.5.2024 08:58 GMT

XM Singapur yaqinda Singapur Qizil xoch jamiyati bilan hamkorlikda Singapurdagi Migrant Domestic Workers (MDWs) tashkiloti uchun sport sayrini tashkil etdi. Tadbir 2024-yil 7-aprelda oʻtkazildi va The Cage Kallangdagi 21 ta migrant parvarishlovchilarga dam olish va sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish imkoniyatini taqdim etishni maqsad qildi. Kampaniya Singapur Qizil xoch jamiyatining migrant ishchilarning ruhiy salomatligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan urinishlarining bir qismidir, bunga kriket va futbol kabi ommaviy sport turlari ham kiradi. Qoʻshimcha ravishda, MDW xodimlariga ruhiy charchoqni kamaytirish va umumiy farovonlikka [..]

post-image

XMning Lombokdagi hamkorligi: Kelajakni yoritish

Joylangan sana: 26.4.2024 11:10 GMT

XM Indoneziya filialining Peduli Anak fondi bilan oxirgi hamkorligi Lombok, Gʻarbiy Nusa Tenggarada umid chirogʻini yoqadi. 2024-yil 19-martda biz Peduli Anak bilan birlashib hududdagi nochor bolalarga yordam qoʻlini uzatdik va shu orqali mahalliy darajada ijobiy oʻzgarishlar qilish maqsadimizni tasdiqladik. Peduli Anak fondi Gʻarbiy Nusa Tenggaradagi nochor bolalar uchun umid chirogʻi boʻlib xizmat qiladi va eng asosiy parvarish, taʼlim va yordam taqdim etadi. Ularning maqsadi qashshoqlik zanjirini uzish va bu bolalar uchun yorqin kelajak sari poydervor qoʻyishdan iborat. Qoʻshma harakatlar orqali [..]

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.