XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.

7 Aktiv toifalari - 10 Savdo platformalari - 1000dan ortiq vositalar.
XM da foreks, alohida aksiyalar, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari, fond indekslari va tematik indekslar bilan savdo qiling.

Fond indekslari - Spredlar / Shartlar

Yirik yoki mayda naqd pul koʻrsatkichlari haqida asosiy maʼlumotlar hujjatini koʻrish uchun bosing.

* Svop stavkalari indeks valyutasining tegishli banklararo kursiga qarab hisoblanadi. Uzoq pozitsiyalardan tegishli banklararo stavka plyus ustama yechiladi hamda qisqa pozitsiyalar stavka minus ustama oladi. Operatsiya 00:00da (GMT+2 mintaqasi, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) amalga oshiriladi va unga bir necha daqiqa ketishi mumkin. Juma kuni savdo yopilishi vaqtida ochiq qoldirilgan pozitsiyalar uchun svop toʻlovi 3 kun davomida yechiladi.

** Joriy bozor narxida kutayotgan buyruqlarni joylash uchun minimal daraja.

CFDlar uchun marja talabi quyidagicha hisoblanadi: Lotlar * Shartnoma oʻlchami * Ochilish narxi * Marja foizi hamda savdo hisobingizning kredit yelkasiga asoslanmaydi.

Siz CFDlarda pozitsiyalarni hedjlaganda va marjangiz darajasi 100%dan yuqori boʻlganda marja doim 50% boʻladi.

Yirik yoki mayda fyuchers koʻrsatkichlari haqida asosiy maʼlumotlar hujjatini koʻrish uchun bosing.

** Joriy bozor narxida kutayotgan buyruqlarni joylash uchun minimal daraja.

CFDlar uchun marja talabi quyidagicha hisoblanadi: Lotlar * Shartnoma oʻlchami * Ochilish narxi * Marja foizi hamda savdo hisobingizning kredit yelkasiga asoslanmaydi.

Siz CFDlarda pozitsiyalarni hedjlaganda va marjangiz darajasi 100%dan yuqori boʻlganda marja doim 50% boʻladi.

Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.

Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.

Tavsif Belgi Mavjud shartnoma Ochiq sana* Faqat yopiq sanasi* Eskirish sanasi* Shartnoma oylari Shartnoma eskirishi sanalari**
EU Stocks 50 EU50 Sep 2024-06-19 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
France 40 FRA40 Jul 2024-06-19 2024-07-17 2024-07-18 Har oyda Shartnoma eskirishi sanalari**
Germany 40 GER40 Sep 2024-06-19 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
Japan 225 JP225 Sep 2024-06-13 2024-09-11 2024-09-12 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
Switzerland 20 SWI20 Sep 2024-06-19 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
UK 100 UK100 Sep 2024-06-19 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
US Tech 100 US100 Sep 2024-06-20 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
Wall Street 30 US30 Sep 2024-06-20 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
US 500 US500 Sep 2024-06-20 2024-09-19 2024-09-20 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
US Dollar Index USDX Sep 2024-06-13 2024-09-13 2024-09-14 MAR, JUN, SEP, DEC Shartnoma eskirishi sanalari**
Volatility Index Futures (S&P500) VIX Jul 2024-06-14 2024-07-15 2024-07-16 Har oyda Shartnoma eskirishi sanalari**

*Faqat yopiq sanasi va eskirish sanalari haqiqiy sanaga yaqinlashgan sari oʻzgarishi mumkin. Bu fyuchers shartnomalarini boshqaradigan likvidlik provayderlari tomonidan oʻrnatilgan qoidalar bois yuz beradi va u faol shartnoma va keyingi eskiradigan shartnomaning har ikkisining likvidligiga bogʻliq boʻladi. Yangi vositaning ochiq sanasidan keyin keluvchi ish kuni avvalgi vositaning eskirish sanasi hisoblanadi.

** Eskirish sanasi har oyda oʻzgaradi va likvidlik provayderlarining uzaytirish rejalari va shartnomalarning likvidligiga bogʻliq boʻladi.

Kompaniyamiz muddati tugagan moliyaviy vositalar uchun yangi shartnomalarni avtomatik uzaytirishni taklif etmaydi.

Naqd indekslar uchun dividend rostlanishi (GER40dan tashqari)

Naqd indekslari CFDlari dividend rostlanishiga uchrashi mumkin.

Indeksni chiqaruvchi oʻz aksiyadorlariga dividend toʻlaganda, kompaniya qiymatini dividendlar miqdoriga kamaytirish muhimdir.

Bu kompaniya aksiyalari narxining pasayishi, shuningdek, indeks qiymatining indeksdagi aksiyalarning vazniga mutanosib ravishda pasayishi sifatida dividendsiz kunda aks etadi.

Pozitsiyalarga taʼsirni taʼminlash uchun indeks pozitsiyasiga ega mijozlarning hisoblarining dividend rostlanishi dividendsiz sanada soat 00:00da (GMT+2 vaqt zonasi, yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) amalga oshiriladi.

Dividend rostlanishi bozor dividendsiz sanada ochilishidan (bozor soatlarini yuqorida koʻrish mumkin) oldin amalga oshiriladi.

Uzoq pozitsiyalar uchun dividend tuzatishlari hisobingizga har qanday ushlab qolinuvchi soliqlar toʻlangandan keyin oʻtkaziladi. Ushlab qolingan summa oʻzakdagi moliyaviy vositadan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin. Ushlab qolinuvchi soliq qisqa pozitsiyalarga nisbatan qoʻllanmaydi.

Germany40 (GER40Cash) CFDlarida dividend rostlanishi amalga oshirilmaydi, chunki tarkibiy aksiyalar tomonidan toʻlangan dividendlar indeksning oʻziga takroran investitsiya qilinadi. Shuning uchun, dividend toʻlayotgan tarkibiy aksiya tufayli pastga qarab rostlanish amalga oshmaydi

Fyuchers indekslari CFDlarida ham dividend rostlanishi amalga oshirilmaydi.

Xarid amaliyotlari quyidagicha hisoblangan miqdorga ega boʻladi:

Dividend rostlanishi = eʼlon qilingan indeks dividendi x lotlardagi pozitsiya oʻlchami

Sotish amaliyotlaridan quyidagicha hisoblangan miqdor yechib olinadi:

Dividend rostlanishi = eʼlon qilingan indeks dividendi x lotlardagi pozitsiya oʻlchami

Indeks dividendlari

Koʻrsatilgan belgilar shunchaki shu haftada dividend toʻlanishi kutilayotgan belgilardir (vositalar). Dividend raqamlari likvidlik provayderlarimizning kutgan raqamlarini namoyon etadi va ular oʻzgarishi mumkin.

Fond indekslari savdosi haqida

Boshqa mashhur nomi birja indekslari boʻlgan fond indekslari fond bozorining maʼlum boʻlimining qiymatini oʻlchaydigan haqiqiy fond bozori indekslaridir. Ular oʻzlari namoyon etadigan haqiqiy toifaga tegishli boʻlgan tanlangan aksiyalar narxlarining oʻrtacha oʻlchamiga asosan hisoblanadi. Birja indekslari NASDAQ kabi maxsus fond bozorini namoyon etishi yoki Amerikaning S&P 500, Britaniyaning FTSE 100 yoki Yaponiyaning Nikkei 225 kabi biror mamlakatning eng yirik kompaniyalari toʻplamini namoyon etishlari mumkin.

Indekslardan maqsad maʼlum bir fond bozori yoki mamlakat iqtisodiyotining umumiy yoʻnalishini koʻrsatishdir. Ammo, birja indekslari kompaniyalar savatidan tashkil topgani uchun, ular maʼlum kompaniyaning katta harakatidan yoki maʼlum savdo sektorining sezilarli harakatidan yuqori darajada taʼsirlanishi mumkin.

Birja indeksiga oʻzakdagi aksiyalar savatidan berilgan amaldagi vazn turli indekslar orasida farqli boʻladi, bu yakuniy natijaga erishishda ularning barchasi bir xil mezonlardan foydalanmasligini bildiradi. Maʼlum oʻzak aksiya indeksning oʻziga beradigan haqiqiy vaznini hisoblashning ikkita asosiy yoʻli bu narx vaznining tortilishi va kapitallashuv vaznining tortilishidir.

Quyida siz ayrim juda mashhur indekslar tegishli boʻlgan toifani koʻrishingiz mumkin:

  • 1. Dow Jones (US30) va Nikkei 225 (Japan225) narx vazni tortilgan indekslardir.
  • 2. FTSE 100 (UK 100), ASX200 (Avstraliya 200), Hang Seng Index (Gonkong 50, DAX (Germaniya 30), CAC 40 (Fransiya 40) va IBEX35 (Ispaniya 35) kapitallashuv vazni tortiladigan asosiy birja indekslaridan ayrimlari sanaladi.

Fond indekslari – Kim aslida kim?

S&P 500 (US500): S&P500 (US500) fond bozori indeksi 1957-yilda Amerikaning moliyaviy xizmatlar kompaniyasi Standard & Poor’s Financial Services LLC tomonidan ishga tushirildi. U AQSH kapitalining yetakchi koʻrsatkichi sanaladi va umuman olganda AQSH fond bozori uchun eng koʻp foydalaniladigan oʻlchov belgilaridan biri sifatida, u kapitallashuv boʻyicha Amerika fond qimmatbaho qogʻozlari bozorining 75% qamrab oladi.

ASX200 (Avstraliya200): ASX 200 (AUS200) indeksi bu Avstraliya qimmatbaho qogʻozlar birjasida roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalarning bozor kapitallashuvi boʻyicha oʻlchangan fond bozori indeksi boʻlib, u kunlik oʻrtacha aylanmasi 4.685$ milliardga teng dunyoning top 15 ta birja guruhiga kiradi. Indeks faqatgina Avstraliya fond birjasida roʻyxatgan oʻtgan aksiyalarni oʻz ichiga oladi.

Nikkei 225 (JP225): Koʻproq Nikkei nomi bilan tanilgan Nikkei 225 (JP225) bu Tokio fond birjasining indeksi boʻlib bozor kapitallashuvi 4.09$ trillionga teng boʻlgan dunyoning uchinchi yirik fond birjasi sanaladi.

HSI (HK50): HIS (HK50) Hang Seng indeksi, bozor kapitallashuviga asoslangan fond birjasi indeksi boʻlib, u 1969-yildan beri Osiyoning ikkinchi eng yirik (dunyodagi oltinchi) fond birjasi boʻlgan Gonkong fond bozoridagi (HKEx) 50 ta eng yirik kompaniyaning kunlik oʻzgarishlarini qayd etib boradi.

FTSE 100 (UK100): FTSE 100 (UK100) birja indeksining toʻliq nomi Financial Times Stock Exchange 100 Index boʻlib, undan London fond birjasida roʻyxatdan oʻtgan bozor kapitallashuvi eng yirik boʻlgan 100 ta kompaniya oʻrin olgan.

NASDAQ 100 (US100): Asosiy NASDAQ indeksi bu NASDAQ Composite boʻlib, uning tub toʻplami NASDAQ 100 (US100) NASDAQ fond birjasida roʻyxatdan oʻtgan 107 ta eng qudratli nomoliyaviy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan 107 ta aksiyadorlik qimmatbaho qogʻozlaridan iborat.

DJIA (US30): DJIA (US30), Amerika Qoʻshma Shtatlarida Dow Jones Transportation Averagedan keyingi ikkinchi eski fond birjasi indeksi boʻlib, u fond bozoridagi Amerikaning eng yirik 30 kompaniyasining standart kunlik savdo seansidagi koʻrsatkichlarini namoyish etadi. U DJIA Divisor tomonidan barcha 30 aksiyaning barcha narxlarining jami summasini boʻlish orqali hisoblanadi.

DAX (GER40): Toʻliq nomi Deutscher Aktienindex boʻlgan DAX (GER40), bu Frankfurt fond birjasida savdo qiladigan 40 ta yirik kompaniyani namoyon etuvchi eng asosiy nemis fond birjasi indeksi sanaladi. U sifat va daromad darajasi boʻyich birinchi toifa indeksi sanaladi

CAC 40 (FRA40): Fransuz eng asosiy fond bozori indeksi boʻlgan CAC 40 (FRA40) toʻliq nomi Cotation Assistée en Continu sanaladi va u Yevropadagi ikkinchi yirik birja boʻlgan fransuz qimmatbaho qogʻozlar bozori Euronext Parisda savdo qilinadigan bozor kapitallashuvi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta kompaniyaning top 40 tasini namoyon etadi.

Barchasini ochish|Barchasini yopish

Fond indekslari nima (Birja indekslari)?

Fond indekslari yoki birja indekslari sodda til bilan aytganda oʻzagida yotgan aksiyalarning umumiy narxini namoyish etadigan indekslardir.

Asosiy fond indekslari (dunyoning birja indekslari) oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • 1. S&P 500
  • 2. Dow Jones
  • 3. Nasdaq
  • 4. FTSE100
  • 5. Nikkei225
  • 6. DAX
  • 7. CAC40
  • 8. Euro Stoxx 50
  • 9. ASX200

Birja indekslari koʻpincha oʻz savatchasi tegishli boʻlgan fond bozorining umumiy holatini namoyish etadi. Koʻp holatlarda, birja indeksiga tegishli oʻzakdagi aksiyalar taʼsir kuchi eng katta boʻlgan (eng yirik kapitalizatsiya) kompaniyalarga tegishli boʻladi.

Fond indekslari savdosi qanday ishlaydi?

Savdo kuni davomida maʼlum kompaniyalarning aksiya narxlari koʻtariladi yoki tushadi. Birja indeksi uning oʻzagidagi aksiyalar toʻplami boʻlgani bois, uning amaldagi narxi har bir aksiya narxining yakuniy narxga qoʻshgan hissasining umumiy dinamikasiga (matematik va statistik formula) qarab yuqoriga yoki pastga harakatlanadi.

Fond indekslari bilan savdo qilganda quiyidagilarni tushunish foydadan holi boʻlmaydi:

  • 1. Maʼlum fond indeksidagi (masalan, Dow Jones) barcha aksiyalar tanlov jarayonidan oʻtadi va agar ularning umumiy koʻrsatkichlaridan yangi kompaniyaniki ustun kelsa, ular almashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, savatchadagi kompaniyalarga har doim undan oʻrin olishiga kafolat berilmaydi.
  • 2. Maʼlum aksiyaning umumiy birja indeksiga taʼsirini aniqlash oʻz ichiga hisoblash va qoidalarni oladi. Savatga kiradigan barcha aksiyalarga ham bir xil qaralmaydi. Sodda soʻzlar bilan aytilsa, birja indeksining umumiy narxi shunchaki aksiyalar narxining qoʻshilishi yoki aksiyalar soniga boʻlinishi emas.
  • 3. Birja indeksi umumiy konsensusni namoyish etadi va tarixiy qiymatga ega umumiy fond bozorining samaradorligini koʻrsatkichi boʻlib hisoblanishi mumkin.
  • 4. 2-bandda yodga olingani kabi, savatdagi barcha aksiyalarga bir xil muomala qilinmagani bois yuqoriroq kapitallashuvga ega kompaniyalarning indekslari ogʻirroq tosh bosadi. Bu agar maʼlum bir yirik kompaniyaning aksiyasi biror sababga koʻra qadrsizlansa, savatdagi boshqa aksiyalar tushmayotgan boʻlsa ham umumiy indeks tushishini bildiradi.
  • 5. 2-bandda yodga olingani kabi, indeks deb ataladigan savatdagi oʻzak aksiyalar vaqt oʻtib oʻzgaradi. Maʼlum bir davr oʻtib, indeksning oʻzi ayni aksiyalar savatini namoyon etmasligi mumkin.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.