XMdagi multi-aktiv savdo hisobi xuddi bank hisobingiz kabi ishlaydi, ammo farqi shundaki, uning maqsadi valyutalar savdosi, fond indekslari CFDlari hamda metall va energiya mahsulotlari CFDlari savdosini yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Siz yuqoridagi jadvalda koʻrganingiz kabi Ultra Low Micro, Ultra Low Standard yoki XM Zero koʻp-aktivli savdo hisoblarini ochishingiz mumkin.
Multi-aktivlar savdosi faqat sizga XM WebTraderga kirish imkonini beruvchi MT5 hisoblarida amalga oshirilishi mumkinligiga eʼtibor qarating.
Qisqacha aytganda, multi-aktiv savdo hisobingiz oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- 1. XM shaxsiy kabinetga kirish
- 2. Tegishli platformalarga kirish
- 3. XM WebTraderga kirish
Bankingizga oʻxshash shaklda, siz multi-aktiv savdo hisobini XMda dastlabki marta roʻyxatdan oʻtkazganingizda sizdan sodda KYC ("mijozingni tanib ol") jarayonidan oʻtish soʻraladi, bu XMga siz taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻri ekaniga ishonch hosil qilish va mablagʻlaringiz va hisob maʼlumotlaringiz tafsilotlari xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi. Agar sizda boshqa XM hisobi boʻlsa, siz KYC tekshiruv jarayonidan oʻtmaysiz, chunki tizimimiz avtomatik ravishda maʼlumotlaringizni tanib oladi.
Savdo hisobini ochganingizda sizga avtomatik ravishda login tafsilotlari yuboriladi, ular sizga XM Shaxsiy kabinetiga kirish imkonini taqdim etadi.
XM Shaxsiy kabineti bu siz hisobingiz funksiyalarini boshqaradigan, jumladan mablagʻlarni depozit qiladigan yoki yechib oladigan, betakror promoaksiyalarni koʻradigan va ishtirok etadigan, sadoqat dasturi holatingizni tekshiradigan, ochiq pozitsiyalaringizni tekshiradigan, kredit yelkasini oʻzgartiradigan, yordam oladigan va XM taqdim etgan savdo vositalaridan foydalanadigan joydir.
Biz mijozlarning Shaxsiy kabinetida taklif etadigan xizmatlar muntazam ravishda yangi funksiyalar bilan boyitib boriladi va mijozlarimiz oʻz hisoblarida istalgan vaqtda shaxsiy hisob menejerlarining yordamisiz oʻzgarish yoki qoʻshimchalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Multi-aktiv savdo hisobingiz login maʼlumotlari mos hisobingiz mavjud va savdolaringizni amalga oshiradigan joyingiz boʻlgan savdo platformasidagi loginga mos keladi. Siz XM Shaxsiy kabinetidan turib amalga oshiradigan har qanday depozitlar va/yoki yechib olishlar yoki sozlamalardagi boshqa oʻzgarishlar tegishli savdo platformangizda ham aks ettiriladi.