XM Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariga xizmat koʻrsatmaydi.
"Fayl" ⇾ "Hisob ochish" tugmasini bosing, yangi "Savdo serverlari" oynasi ochiladi ⇾ pastga aylantiring va "Yangi broker qoʻshish" ruknida + belgisiga bosing, keyin "XM" deb tering va "Skanerlash" tugmasini bosing.
Skanerlash yakunga yetganda, "Bekor qilish" tugmasini bosib bu oynani yoping.
Shundan keyin server nomingiz oʻsha yerda ekanini koʻrish uchun "Fayl" ⇾ "Savdo hisobiga kirish" tugmasiga bosish orqali tizimga qaytadan kiring.
Qaysi serverga kirishni tekshirish uchun qutlov xatiga yoki Shaxsiy kabinetdagi Hisoblarim bilan tanishish boʻlimiga qarang
MT4 platformasida savdo qilishni boshlash uchun sizda MT4 savdo hisobi boʻlishi lozim. MT4 platformasida mavjud MT5 hisobi bilan savdo qilish imkonsiz. MT4 hisobini ochish uchun bu yerga bosing.
Yoʻq, siz buni qilolmaysiz. Sizda MT4 savdo hisobi boʻlishi lozim. MT4 hisobini ochish uchun bu yerga bosing.
Agar siz allaqachon MT5 hisobiga ega boʻlgan XM mijozi boʻlsangiz, siz tasdiqlovchi hujjatlarni qaytadan yubormasdan turib Shaxsiy kabinetda qoʻshimcha MT4 hisobini ochishingiz mumkin. Ammo, agar siz yangi mijoz boʻlsangiz, bizga barcha talab etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz lozim (yaʼni, shaxsni tasdiqlovchi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlar).
Yoʻq, siz buni qilolmaysiz. Aksiyalar CFDlari bilan savdo qilish uhcun sizda MT5 savdo hisobi boʻlishi lozim. MT5 hisobini ochish uchun bu yerga bosing.
MT4 platformasida siz XMda mavjud barcha vositalar, jumladan, fond indekslari, Foreks, qimmatbaho metallar va energiya mahsulotlari bilan savdo qilishingiz mumkin. Alohida aksiyalar faqat MT5 da mavjud.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.