XM Taylandda ehtiyojmand oʻquvchilarni qoʻllaydi

Joylangan sana: 26.1.2024 09:18 GMT. Batafsil CSR

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni jiddiy namoyish etuvchi XM yaqinda Taylandda Kelajagim, orzuimdagi karyera dasturini tashkil etdi. Rivojlanish uchun taʼlim fondi (EDF) bilan hamkorlikda dastur ehtiyojmand oʻquvchilarda eng asosiy karyera va hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga diqqat qaratadi.

Koʻp tomonlama tashabbus bir necha asosiy komponentdan iborat. Avvalo, biz maktabni aniqlash ustida qattiq mehnat qildik, bunda loyiha oʻquvchilarning ijodkorligi va biznes koʻnikmalarini yaxshilashini taʼminlashga eʼtibor qaratildi. Keyin biz tanlangan maktabga moliyaviy koʻmak taqdim etdik, bu orqali koʻnikmalarni rivojlantirish loyihalari va keng qamrovli trening seanslari amalga oshirildi.

Qoʻshimcha ravishda, 2023-yil 30-okrabrda biz Koʻngillilar kuniga mezbonlik qildik va unda odamlarimiz faol ravishda oʻquvchilarga yoyma bozorda yordam berdi. Ushbu noyob imkoniyat oʻquvchilarga oʻz mahsulotlarini taqdim etish, olingan koʻnikmalarni namoyish etishga imkon berdi. Kipr va Gretsiyadan kelgan xodimlarimiz oʻz navbatida oʻquvchilarga oʻz mahsulotlarini sotishda, jamoa va loyiha manfaatdorlari orasidagi aloqani mustahkamlashda yordam berdi.

Biz va kambagʻallikni qisqartirish, tinchlikni mustahkamlash va taʼlimni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan tashkilot boʻlmish EDF orasidagi hamkorlik yoshlar orasida mehnat koʻnikmalarini rivojlantirishni kuchaytirish va targʻib qilishga oid umumiy majburiyatimizni yanada mustahkamlaydi. Biz taʼlimni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid faol rolimizni oʻynashda davom etish orqali ushbu tashabbus dunyo boʻylab hamjamiyatlar uchun yorqinroq kelajakni yaratishga oid qarashimizning isboti sanaladi.

Ushbu tashabbus haqida batafsil maʼlumot: EDF Thai.